Qozog`istonda yangi tug`ilgan chaqaloqni sotmoqchi bo`lgan ayol qo`lga olindi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib, Tengrinews.kz xabar berdi.
Habarda aytilishicha, voqea Mang`istau qishlog`ida sodir bo`lgan. Prokurorlar mahalliy fuqaroni chaqaloqni sotish uchun pul olayotgan vaqtda qo`lga olgan.
Keyinroq politsiya onasi farzandini bergan ayolni aniqlagan. Chaqaloq gumonlanuvchilardan olib qo`yilib, sud qarorigacha ixtisoslashtirilgan muassasaga joylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.