Jahon yangiliklari
Rossiyaning Primorsk o`lkasida 17 yoshli kollej talabasi noqonuniy moddalarni haddan ziyod iste'mol qilish natijasida vafot etgan. Bu haqda telegram ijtimoiy tarmog`idagi Shot sahifasi xabar berdi.
Habarda aytilishicha, hodisa Kavalerovo qishlog`ida sodir bo`lgan. Kollej o`quvchilari ziyofatga maktab o`quvchilari ikki nafar 9-sinf o`quvchilarini taklif qilishgan. Birinchi kurs talabalaridan biri ziyofatga taqiqlangan moddagan olib kelgan.
"Ertalab yoshlar 17 yoshli o`smirda hayot alomatlari yo`qligini aniqlagan. Ayni paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisaning barcha tafsilotlarini o`rganmoqda", — deyiladi xabarda.