x

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yosh kelin 1 yashar farzandini o`ldirib, so`ngra o`z joniga qasd qildi. Bu haqda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko`ra, voqea joriy yilning 6 may kuni soat 12:40 larda “Ravalliq” mahallasi Hasankal qishlog`ida sodir bo`lgan. Mazkur qishloqda yashagan 1998 yilda tug`ilgan kelin Sh.H. yashagan uyi hovlisida joylashgan hojatxona to`siniga o`zini osib, joniga qasd qilgan.

Holat mas'ullar tomonidan o`rganilganda kelin avval farzandi A.O.ni o`ldirib, so`ng o`zini osgani aniqlangan. 2022 yilda tug`ilgan go`dak A.O.ning qorin sohasiga 2 marta oshxona pichog`i bilan sanchilgan holatda jasadi topilgan.

O`rganish davomida Sh.H. shu manzilda yashovchi turmush o`rtog`i Sh.N.ga qo`ng`iroq qilib, o`zini osib o`z joniga qasd qilayotganligini ma'lum qilgan. Sh.N. shu mahallada yashovchi amakisiga qo`ng`iroq qilib, turmush o`rtog`i Sh.H. yashash uyida o`zini osayotganligini aytgan. Amakisi Sh.N.ning yashash uyiga borgan vaqtida Sh.H. hojatxonada o`zini osib qo`yganligini ko`rib, keyin xabar qilgan.

Hozirda holat yuzasidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda Oila va xotin-qizlar boshqarmasi o`rganish ishlarini davom ettirayotgani aytilgan.

Ayol nima sababdan bu jinoyatlarga qo`l urgani oshkor qilinmagan.

To Top ↑
To Top ↑