x

Orenburgda karusel' bilan sodir bo`lgan favqulodda holat natijasida 20 kishi, jumladan, bolalar jabrlandi, deb xabar berdi Rossiya IIV viloyat bosh boshqarmasi.

Departament ma'lumotlariga ko`ra, voqea Orenparkda sodir bo`lgan. "Vixr'" karuselidan qulash vaqtida kattalar va bolalar turli darajadagi jarohatlar olgan.

Viloyat Sog`liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko`ra, 12 kishi, jumladan, 6 nafar bola kasalxonaga yotqizilgan, shuningdek, bolalardan biri ambulator davolanishga yuborilgan.

"Ko`p sonli jarohatlar tufayli bir ayol va 10 yoshli bolakay og`ir ahvolda reanimatsiyada tibbiy muolajaa olyapti", — deydi Orenburg viloyati Sog`liqni saqlash bo`limi rahbari Tat'yana Savinova.

Shahar ma'muriyati mexanizmda yuzaga kelgan texnik nosozlikni voqeaga sabab sifatida ko`rsatmoqda.

To Top ↑
To Top ↑