x

Institut mutaxassislari farzandlar tarbiyasi va ularning kasb tanlashida ota-onalarning rolini aniqlashga qaratilgan tadqiqot o`tkazdi. 

So`rovnoma natijalariga binoan:

yoshlarda tibbiyot yo`nalishidagi kasblarga (15,5 foiz) qiziqish kattaligi aniqlandi. Keyingi o`rinlarni o`qituvchi (9,7 foiz), IT mutaxassisligi (9,3 foiz), iqtisodchi (sohalar bo`yicha) (8,2 foiz), tadbirkor (7,7 foiz) kabi kasblar egalladi.

▪️Respondentlarning 2,5 foizi farzandlari kelajakdagi kasbi haqida hali qarorga kelmaganini ta'kidlagan. Qizlar kutilganidek ko`proq shifokor (16,3 foiz) va o`qituvchi (13,8 foiz) kasblarini tanlagan bo`lsa, o`g`il bolalar birinchi o`rinda IT mutaxassisligi (18,7 foiz), keyin esa shifokor (13,7 foiz), iqtisodchi (13,2 foiz) va tadbirkor (11,2 foiz) kasblarini afzal ko`rgan.

▪️ Farzandining kasb to`g`risidagi qarori qanday bo`lmasin, ota-onalarning 81,6 foizi bu qarorni bajonudil qabul qilishini, 12,7 foizi esa ushbu qarorni o`zgartirish kerakligini iltimos qilishini aytgan.

Ota-onalarning 55,7 foizi farzandlariga nisbatan talabchanlik qilish, kerak bo`lganda yordam ko`rsatish, 36,2 foizi nazorat qilish orqali tarbiya berish lozimligini, 6,4 foizi esa farzandlariga erkinlik berish kerakligini qayd etgan.

So`rovda qatnashgan ota-onalarning 20 foizdan ortig`i farzandlarining o`qituvchilari bilan bir oyda bir marta muloqot qilishini, 16,4 foizi esa umuman muloqot qilmasligini bildirgan.

 

To Top ↑
To Top ↑