x

Huquq-tartibot idoralari xodimlari Voronejdagi uylardan birining kirish qismida o`smir qizga hujum qilishda gumonlangan shaxsni qo`lga olgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tergov qo`mitasining viloyat bo`yicha tergov boshqarmasi vakili "RIA Novosti" axborot agentligiga ma'lum qilgan.

Voqea haqidagi ma'lumotlar juma kuni ertalab "Moy i tvoy Voronej" telegram kanalida, keyin esa boshqa mahalliy kanallarda paydo bo`lgan. E'lon qilingan xabarga tayanib, 3 may kuni tushdan keyin Voronejning Krivosheina ko`chasidagi turar-joy binosi kiraverishida voyaga etmaganga hujum qilgan erkak qidiruvda ekani ma'lum qilingan va 17 yoshli qizga nisbatan jinsiy xarakterdagi harakatlar fakti bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

“Tergov qo`mitasi tergovchilari militsiya xodimlari bilan hamkorlikda tezkorlik bilan gumonlanuvchini qo`lga oldi... Shaxsni aniqlash jarayonida jabrlanuvchi ishonch bilan gumonlanuvchini unga nisbatan jinoyat sodir etgan shaxs ekanligini tasdiqladi”, — dedi tergov vakili.

Uning so`zlariga ko`ra, 39 yoshli erkak ilgari giyohvand moddalar savdosi bilan shug`ullangani uchun sudlangan. Yaqin kunlarda tergov gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash haqidagi iltimos bilan sudga murojaat qiladi.

Rossiyada voyaga etmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo`ravonlik harakatlari haqidagi moddada eng ko`p 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

To Top ↑
To Top ↑