x

Birlashgan Millatlar Tashkilotining o`z manbalariga tayanib xabar berishicha, Sudandagi urushda har soatda 7 nafar bola halok bo`lmoqda yoki yaralanmoqda. Tashkilot mazkur raqamlar aslida ko`proq bo`lishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirgan.

"Avval ogohlantirilganidek, Sudandagi vaziyat qo`rqinchli tus oldi, u erda ko`p sonli bolalar halok bo`lyapti", — deydi BMTning UNICEF bolalar agentligi matbuot kotibi Jeyms Elder jurnalistlarga.

Uning so`zlariga ko`ra, agentlik o`zining ishonchli manbasidan 15 aprelda boshlangan mojaroning dastlabki 11 kunida 190 nafar bola halok bo`lgani va 1700 nafari yaralangani haqida BMT tomonidan hali tasdiqlanmagan xabar olgan.

Elderning ta'kidlashicha, bu ma'lumotlar Hartum va Darfur viloyatlaridagi sog`liqni saqlash muassasalaridan olingan.

"Bu shuni anglatadiki, bizdagi ma'lumotlar faqat o`sha hududlardagi muassasalarga etib kelgan bolalarnigina qamrab oladi va haqiqatda ahvol bundan ham battarroq bo`lishi mumkin", — deya jamoatchilikni ogohlantirdi u.

To Top ↑
To Top ↑