x

Independent nashrining xabar berishicha, Mishel' Obama bolalar uchun sog`lom oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaradigan hamda sotadigan yangi kompaniya bilan ishlayotganini e'lon qildi. Uning so`zlariga ko`ra, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarda shakar miqdori kam, boshqa ozuqaviy moddalar esa ko`proq va bu ularning salomatlik uchun zararsiz bo`lishini ta'minlaydi.

Nashrning ta'kidlashicha, sobiq birinchi xonimning "hammuassis va strategik hamkor" bo`lgan PLEZi Nutrition kompaniyasi bilan ishlashi, u Oq uyda bo`lgan vaqtida bolalar oziq-ovqatini yaxshilashga qaratilgan say-harakatlarning davomidir.

"Men hech bir sohani tashqaridan turib o`zgartirib bo`lmasligini tushundim, agar siz oziq-ovqat sanoatini o`zgartirmoqchi bo`lsangiz, uning ichiga kirishingiz va uni o`zgartirish yo`llarini topishingiz kerak", — deydi Mishel' Obama N'yu-Yorkda The Wall Street Journal homiyligida tashkil etilgan konferentsiyada.

"Shuning uchun bugun men nafaqat bolalarni sifatli mahsulot bilan ta'minlash, balki butun oziq-ovqat sanoatini o`zgartiradigan raqobatni boshlash uchun yaratilgan kompaniyaning rasman ishga tushirilishini e'lon qilishdan g`ururlanaman", — deya qo`shimchi qildi u.

 

To Top ↑
To Top ↑