x

Buxoro tumanida o`g`irlik jinoyatini o`ziga kasb qilib olgan jinoiy guruh fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi.

Buxoro tumani IIB tomonidan berilgan ma'lumotga ko`ra, 2023 yil 29 aprel' kuni noma'lum shaxslar tumanning “Madaniyat Rabot” mahallasi Ko`chki Safed qishlog`ida yashovchi fuqaro M.S.ning yashash xonadoniga g`ayriqonuniy ravishda kirib, 500 ming so`m naqd pullarini o`g`irlagan.  

Huddi shu vaqtda aynan birinchi holatdagi voqea joyiga qo`shni bo`lgan fuqaro H.D.ning yashash uyida ham o`g`irlik jinoyati sodir bo`lib, uning xonadonidan 300 ming so`m pullari hamda 1 million 500 ming so`mlik tilla taqinchoqlari o`g`irlab ketilgan.  

Mazkur holatlar yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, kechiktirib bo`lmas tezkor texnik va surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borildi.  

Olib borilgan surishtiruv va tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatlarni Buxoro tumani “Madaniyat Rabot” mahallasida yashovchi voyaga etmaganlar 2008 yilda tug`ilgan S.T. va 2008 yilda tug`ilgan I.S. ismli shaxslar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo`lib sodir qilganliklari fosh etildi va ashyoviy dalillar bilan qo`lga olingan.  

Hozirgi kunda ushbu jinoiy guruhning viloyat va respublikaning boshqa hududlarida sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash bo`yicha tergov harakatlari davom etmoqda.  

To Top ↑
To Top ↑