x

Surxondaryo viloyatida ko`chada qizni do`pposlagan erkakka jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyat IIB Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko`ra, mazkur holat 22 aprel' kuni Sariosiyo tumanining “Shirin” mahallasi hududida joylashgan “Chumchuqlijar” chegara postida sodir bo`lgan. Denov tumanida yashovchi D.B. shu tumanda yashovchi K.I. ismli qizni duch kelgan joylariga qo`li bilan urib, unga tan jarohati etkazgan.

Shundan so`ng 3 may kuni D.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

To Top ↑
To Top ↑