Jahon yangiliklari
Serbiyaning Belgrad shahrida maktablardan birida o`quvchi uyushtirgan otishma oqibatida kamida to`qqiz kishi halok bo`ldi.
Ma'lum bo`lishicha, hodisa bugun, 3 may kuni ertalab Belgradning Vrakar mahallasidagi Vladislav Ribnikar maktabida yuz bergan. 14 yoshli o`smir otasining to`pponchasidan o`q uzgan.
Ota-onalarning so`zlariga ko`ra, otishma oqibatida 16 bola jarohatlangan. O`quvchilardan biri boshidan jiddiy jarohat olib, og`ir ahvolda reanimatsiyada yotibdi. Yana ikkitasi o`qdan jarohat olgan.
Keltirilishicha, ettinchi sinf o`quvchisi giyohvand moddalar ta'sirida bo`lgan. Ma'lumotlarga ko`ra, uning oilasida hech qanday muammo bo`lmagan, uning ota-onasi shifokor bo`lgan.
O`smir hozirda hibsga olingan. Uning o`zi psixopat bo`lgani uchun o`t ochganini aytgan.
Hodisadan keyin maktab onlayn rejimga o`tkazilib, ota-onalarga farzandlarini u erga yubormaslik tavsiya qilingan.