x

Jahon yangiliklari

Turkiyaning Bursa shahrida o`quvchilarni olib ketayotgan sayohat avtobusi ag`darilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo`lib, 44 kishi yaralandi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Chanoqqal'a hududidan Anqaraga ketayotgan turizm kompaniyasiga tegishli sayyohlik avtobusi Inegol tumanidagi Shahidlar manzilida to`siqqa borib urilgan.

Hodisa oqibatida haydovchi va ikki nafar o`quvchi halok bo`lgan. Shuningdek 44 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Tez yordam mashinalarida shifoxonalarga etkazilgan jarohatlanganlarning aksariyati ambulator sharoitda davolangani ma'lum bo`ldi.

Bursa gubernatori Yakub Jonpo`lat halokat joyida tekshiruv olib borgan. Uning aytishicha, Anqaraning Etimesgut tumanidagi o`rta maktab o`quvchilari bo`lgan 6 ta avtobus Chanoqqal'adagi diqqatga sazovor joylarni ko`rish maqsadida olib ketilayotgan bo`lgan.

“Kasalxonaga yotqizilgan bolalarimizning umumiy ahvoli yaxshi. Bir-ikki nafar o`quvchining ahvoli og`ir deb baholanmoqda. Biz zarur choralarni ko`ryapmiz. Farzandlari vafot etgan oilalarga va haydovchining oilasiga hamdardlik bildiraman”, deydi Yakub Jonpo`lat

To Top ↑
To Top ↑