x

Mahalliy yangiliklar

Namangan viloyati Chust tumanida 21 yoshli yigit o`zidan 4 yosh kichik bolalar tomonidan «samosud» qilindi. 

 

Habarga ko`ra, holat Chust tumanidagi mahallalarning birida yashovchi fuqaro 21 aprel' kuni soat 14:30 da boshqaruvidagi «DAMAS»da tanishi — 2007 yilda tug`ilgan qiz bilan tumanning «Sarimsoqtepa» MFY hududidagi dalada gaplashib o`tirgan vaqtda sodir bo`lgan.

 

Tumanning «Guliston» MFYda yashovchi, 2006 yilda tug`ilgan fuqaro «Spark»da bir necha tanishlari bilan kelib, «Bu erda mashina ichida begona qiz bilan nima qilib o`tiribsan», deb yigitni do`pposlagan. Shuningdek, «DAMAS»ning orqa o`ng yoritish chiroqlari va o`ng yon tomondagi orqani ko`rish oynasini sindirgan. Atrofdagi tanishlari esa mazkur jarayonni tasvirga olib, Instagram’dagi o`z sahifasiga joylashtirgan.

 

Qayd etilishicha, 2002 yilda tug`ilgan fuqaroning badanida aniqlangan tan jarohatlari chap tirsak sohasi, yuz yarasi va chap yonbosh sohasi qontalash ko`rinishda bo`lib, uning jarohatlari engil ekani ko`rsatilgan.

 

Holat yuzasidan tuman IIB bo`limi huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑