x

Mahalliy yangiliklar

Prezidentning “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, maktablarda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchisi rahbarligida 10-11-sinf o‘quvchilaridan (tarkibi 20 nafar) iborat “Vatan tayanchi” otryadlari tuziladi. O‘quvchilar unga ixtiyoriy tarzda a’zo bo‘lishi belgilangan.

2022/2023 o‘quv yilidan “Vatan tayanchi” harakatining faoliyatida faol ishtirok etgan hamda maktabni a’lo baholarga tamomlagan har bir “Vatan tayanchi” otryadining bir nafar a’zosiga Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tanlab olish tartibiga muvofiq oliy harbiy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma beriladi.

Tavsiyanomaga egalar respublika oliy harbiy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirishda test sinovlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballarining 5 foizi miqdorida qo‘shimcha ball shaklida imtiyozga ega bo‘ladi. Ushbu tavsiyanomalar berilgan sanadan boshlab 3 yil mobaynida amal qiladi.

To Top ↑
To Top ↑