Prezident maktabining tanlovida ishtirok etish uchun xohish bildirgan o`quvchining ota-onasi joriy yilning iyun' oyida Agentlikning maxsus portali (ariza.piima.uz) orqali elektron shaklda quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
– talabgor to`g`risida ma'lumotnoma;
– talabgorning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;
– o`quv yili natijasiga ko`ra talabgor baholari (elektron) tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
– talabgor va uning ota-onasi yoki qonuniy vakillarining shaxsini tasdiqlovchi hujjat ma'lumotlari;
– aloqa uchun telefon raqami platformaga kiritiladi.
Hujjatlar faqat nomzod o`qiyotgan umumta'lim muassasasi joylashgan hudud (viloyat)dagi Prezident maktabiga topshiriladi.