Mahalliy yangiliklar
Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumanida giyohvandlik vositalarini ma'lum joylarga yashirib, tarqatib kelgan 19 yoshli yigit qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, kecha, 28 aprel' kuni Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan giyohvandlik hamda kuchli ta'sir qiluvchi psixotrop va sintetik dori vositalarining aylanmasiga qarshi kurashish borasida, joylarda kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari o`tkazilgan. Tezkor qidiruvda viloyat hududida giyohvandlik vositalarini ma'lum joylarga yashirib ketish orqali, tarqatib kelgan (zakladchik) 19 yoshli fuqaro A.O. (kollej talabasi) daliliy ashyo bilan ushlangan.
Ushbu shaxs tomonidan joylarga yashirilgan jami 25 dona kichik o`ramlarda qadoqlangan “mefedron” sintetik giyohvandlik vositalari xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olingan.
Hozirda holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, qo`shimcha surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda.