x

Mahalliy yangiliklar

15 yoshli A.A. «OLX» savdo platformasida «Toshkent shahri sotiladi!» mazmunida e'lon joylashtirgan va uning boshlang`ich narxini 250 milliard AQSh dollari deb belgilagan.

Ushbu e'lon ijtimoiy tarmoqlarda e'tirozli muhokamalarga sabab bo`ldi.

«OLX» savdo platformasi bosh direktorining aytishicha, e'lon bir necha daqiqadan so`ng bloklangan. Mutaxassis foydalanuvchilardan e'lonlarni joylashtirishda barcha ma'lumotlar to`g`ri va haqqoniy bo`lishiga e'tibor qaratishlarini so`ragan.

Yuqoridagi e'lonni joylashtirgan 8-sinf o`quvchisi bu ishni shunchaki hazil uchun qilganini, bunday salbiy muhokamalar keltirib chiqarishi mumkinligini o`ylab ko`rmaganini qayd etgan.

To Top ↑
To Top ↑