Mahalliy yangiliklar
Toshkent shahrida yashovchi, maktab o`quvchisi 2008 y.t., A.I., Telegram messenjerida «Venom Reseller» nomli profil foydalanuvchisi bilan yozishib, «PUBG Mobile» o`yini akkauntini 7.000 AQSh dollariga sotib olmoqchi bo`ladi.
Kelishuv amalga oshgach, bola otasining nomidagi bank kartasi orqali pullarni firibgarning bank kartasiga bo`lib bo`lib o`tkazib bergan.
Kiberxavfsizlik markazi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, «Venom Reseller» nomli profil foydalanuvchisi Kattaqo`rg`on tumanida yashovchi, maktabning 10-sinf o`quvchisi, 2006 y.t., T.J. ekanligi, u o`zidan 2 yosh katta mahalladoshi G`.Sh. bilan A.I.ning ishonchiga kirib, uni aldab, jami 61 million so`m pullarni qo`lga kiritib, o`z ehtiyojlari uchun sarflab yuborganligi fosh etildi.
T.J. va G`.Sh.dan bir dona «IPhone» telefoni va 10 million so`mga yaqin pullarga xarid qilgan kiyim-kechaklari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olindi.
Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Qonunga muvofiq, T.J. va G`.Sh.lar tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.