x

Amerikaning Mattel kompaniyasi – Barbie o`yinchoqlari ishlab chiqaruvchisi Daun sindromi bo`lgan birinchi qo`g`irchoqni ishlab chiqardi. Bu haqda kompaniya saytida ma'lum qilindi.

“Daun sindromli Barbie'ni yaratish ko`proq bolalarga o`ziga o`xshash va ularni ifodalovchi o`yinchoq topishga yordam beradi, shunda har bir bola o`zini Barbie'da ko`ra oladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Qayd etilishicha, ushbu qo`g`irchoq 10,99 dollar turadi. 

Kompaniya yangi qo`g`irchoqni yaratish uchun Milliy Daun sindromi jamiyati va tibbiyot hamjamiyati bilan hamkorlik qilgan. Mutaxassislar bilan birgalikda kompaniya Daun sindromli qizlarning jismoniy holatini aks ettiruvchi o`yinchoqni taqdim etgan.

Bundan tashqari, har bir bunday Barbie 21-xromosomaning uchta nusxasini ifodalovchi marjonlarni taqqan. Aynan shu tug`ma genetik anomaliya Daun sindromli odamlarda qo`shimcha 47-xromosomaga ega bo`lishiga olib keladi.

“Uning kiyimida Daun sindromi ramzi bo`lgan kapalaklar va sindrom timsolini ifodalovchi ko`k va sariq ranglar palitrasi kabi mazmunli belgilar mavjud. Uning kulonli pushti marjonida uchta o`q bor, ular Daun sindromi bo`lgan odamlarda 21-xromosomaning uchta nusxasini ifodalaydi ”, deyiladi yangi qo`g`irchoqning tavsifida.

Mattel kompaniyasi 2020 yilda inklyuziv qo`g`irchoqlar ishlab chiqarishni rivojlantirishni boshlagan.

“Biz Barbie qo`g`irchoqlari qizlarning har kuni atrofida ko`rgan narsalarini aks ettirishi kerak deb hisoblaymiz. Bu juda muhim. Qo`g`irchoqlarning yangi chiziqlari qizlarga dunyoda go`zallik haqida turli xil g`oyalar mavjudligini ko`rsatadi. Go`zallikning yagona standarti yo`q”, deyiladi kompaniya xabarida.

To Top ↑
To Top ↑