x

Hindistonda sakkiz yashar Adityashri Kumar kechasi mamlakat janubidagi Tiruvilvamala qishlog`idagi o`z uyida Redmi 5 Pro smartfoni portlab ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda Asiana News xabar bermoqda.

«Sud-tibbiyot ekspertizasi voqea sodir bo`lgan paytda telefon quvvatlanmaganini ko`rsatdi. O`limga mobil qurilma ichidagi batareyaning haddan tashqari qizib ketganligi sababli portlashi sabab bo`lgan.

Sakkiz yoshli qizaloqning otasi Ashok Kumarning aytishicha, fojia yuz bergan vaqtda uyda buvisi qizi bilan birga bo`lgan. Mutaxassislarning fikricha, qizib ketish smartfon ko`rpacha ichida bo`lganligi sabab yuzaga kelgan.

Buvining politsiyaga aytishicha, voqea sodir bo`lgan vaqtda bola yopinchiq ostida yotib, smartfon o`ynagan. Oshxonada bo`lgan ayol portlash ovozini eshitib, to`shakda yaralangan nabirasiga ko`zi tushgan.

Portlagan mobil telefonning akkumulyatori bukilib ketgan.  Telefonning qoldiqlari batafsil o`rganish uchun yig`ilgan.

To Top ↑
To Top ↑