x

Mahalliy yangiliklar

Denov tumanida ayol ko`chaga o`ynagani chiqqan qizini undan berkinib olgani uchun tayoqcha bilan kaltakladi. Qiz tuman markaziy kasalxonasida davolanmoqda. Holat bo`yicha tergovga qadar tekshiruv o`tkazilyapti.

Surxondaryo viloyati Denov tumanida ayol 5 yoshli qizini kaltakladi, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, shu tumanda yashovchi M.A. ismli ayolning 2018 yilda tug`ilgan qizi H.S. 22 aprel' kuni soat 13:00 da ko`chaga o`rtoqlari bilan o`ynash maqsadida chiqqan. Oradan biroz vaqt o`tgach, onasi uni chaqirganini eshitib, yashirinib olgan.

Onasi qizini taxminan 40 daqiqa davomida ko`chadan qidirgan, topgach, uni uyiga olib kirib, tayoqcha bilan urib kaltaklagan. Hozirda H.S. tuman markaziy kasalxonasida davolanmoqda.

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑