➖ yoshlarga kasbga o`qish, mehnat quroli, urug`-ko`chatga subsidiya kabi turdosh xizmatlardan bir vaqtning o`zida foydalanish imkoniyati yaratiladi;
➖ urug` va ko`chat uchun 2,5 million so`m o`sha hududdagi urug`-ko`chat xo`jaliklaridan sotib olish uchun to`g`ridan-to`g`ri beriladi;
➖ “Yoshlar daftari” bilan ishlashda yoshlarni animatsiya, dizayn, logistika operatori, gid kabi zamonaviy kasblarga o`qitishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Bu tizim bilan maktablarning 10-11-sinf o`quvchilari ham qamrab olinadi;
➖ bundan buyon “Yoshlar daftari” jamg`armalari mablag`ining kamida 40 foizi aynan kasb-hunarga o`qitishga yo`naltiriladi;
➖ joriy yilda zamonaviy kasblarga o`qitish uchun 100 milliard so`m ajratiladi va kamida 25 ming nafar yoshlar o`qitiladi. Ehtiyojga qarab, bunga yana mablag` ajratiladi.