Xorazm viloyatining Tuproqqal'a tumanida yashovchi erkak 7 yashar bolani bo`g`ib o`ldirdi.
Ma'lumotlarga ko`ra, voqea joriy yilning 18 mart kuni soat 20:00 larda tumanning “Muhabbat” mahallasida sodir bo`lgan.
Mazkur mahallada vaqtincha yashovchi 1980 yilda tug`ilgan shaxs o`ch olish maqsadida 2016 yilda tug`ilgan bolani ojizligidan foydalanib, qasddan bo`g`ib o`ldirgan.
Qilgan jinoyatini hech kimga bildirmasdan turmush o`rtog`iga tanishlarining oldiga borib kelishini aytib, uydan chiqib ketgan. Ushbu holat bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Gumonlanuvchi ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.