x

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, joriy yilning 5 aprel' kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi 9-sinf o`kuvchisi H.M. (16 yoshli qiz bola) yashab kelayotgan uyning 3-qavatida balkon oynasini artayotgan vaqtida ehtiyotsizligi oqibatida yiqilib tan jarohat olgan.

H.M.ga darhol tez tibbiy yordam ko`rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.

Hozirda voyaga etmagan H.M.ning ahvoli yaxshi.

Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

To Top ↑
To Top ↑