x

Mahalliy yangiliklar

O`zbekistonda paxta terimida bolalar majburiy mehnatidan foydalanish ko`p tanqidlarga uchragandi. Bu bo`yicha so`nggi yillarda amaliy choralar ko`rildi. Natija quvonarli. 

O`zbekiston 2021 yilgi paxta terimi davrida majburiy va bolalar mehnatiga barham berishga muvaffaq bo`ldi. Buni Xalqaro mehnat tashkiloti ham e'tirof etdi.

“Hamkorligimiz ijobiy natijalarni berdi — chunki 7 yildan so`ng bu yilgi hisobot o`zbek paxtasi bolalar mehnati va majburiy mehnatdan xoli ekanligini ko`rsatdi”, — dedi XMT Bosh direktori Gay Rayder.

Hisobotda aytilishicha, 2021 yilda paxta terimida qatnashganlarning 99 foizi o`z xohishiga ko`ra ishlagan.

Yuqoridagi grafikada paxta terimidagi majburiy mehnat ulushining pasayishi va bir kg paxta uchun to`lanadigan haqning o`sib borishi qayd etilgan.

To Top ↑
To Top ↑