69 nafar farzandni dunyoga keltirgan falastinlik ayol 40 yoshida vafot etdi. Bu haqda Al Arabiya nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, 26 fevralda mahalliy OAVga ayolning vafot etgani haqida uning turmush o`rtog`i ma'lum qilgan. Biroq ayolning vafoti sabablari keltirilmagan. Nashr ma'lumotlariga ko`ra , ayol dunyodagi eng serfarzand ayol hisoblangan, biroq uning rekordi rasman tasdiqlanmagan.
Ginness rekordlar kitobiga ko`ra, tarixda eng serfarzand ayol Rossiyaning Shuy shahridan bo`lgan dehqon Fyodor Vasilevning rafiqasi hisoblanadi. 18-asrda yashagan ayol ham 1725 yildan 1765 yilgacha 69 farzand ko`rgan. Ta'kidlanishicha, ayol 27 marta ko`zi yorigan bo`lib, shulardan 16 tasida 2 nafardan, 7 tasida 3 nafardan, 4 tasida 4 nafardan egizak farzand ko`rgan.