x

O`zbekistonda 30 apreldan boshlab Yangi Mehnat kodeksi kuchga kiradi. Unda mehnat munosabatlari, xususan, ayollar hamda oilaviy vazifalarni bajarish bilan mashg`ul bo`lgan shaxslarga alohida qo`shimcha kafolatlar berilmoqda.

 

 “Yangi mehnat kodeksining 403-moddasida antenatal parvarishlash uchun ish beruvchi bo`sh kunlar berishi shart, degan qoida kiritilmoqda. Bu nima degani? Bunda ayollar homilaning o`ttizinchi haftasidan boshlab homiladorlik va tug`ruq taʼtiliga chiqadi. Lekin bu davrga qadar, yaʼni homila o`ttiz haftaga to`lgunga qadar turli tibbiy ko`riklardan o`tiladi.

 

Ushbu holatda Yangi Mehnat kodeksida ish beruvchi ayolga o`rtacha oylik ish haqini saqlagan holda antenatal parvarish, yaʼni o`sha tug`ruqqacha bo`sh kunlar berishi shartligi ko`rsatib o`tilmoqda.

 

Demak ayollarimiz manashu holatda, albatta, o`rtacha ish haqi saqlangan holda bo`sh kun olib, tegishli tibbiy ko`riklardan bemalol o`tishlari mumukin bo`ladi”, — dedi Muhammadamin Karimjonov.

 

 Huquqshunosning alohida taʼkidlashicha, Yangi Mehnat kodeksidagi kafolatlar onaga, otaga, vasiy yoki homiyga ham berilishi mumkin.

 

 “Amaldagi Mehnat kodeksida 12 yoshga to`lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi bor onalarga 3 ish kuni qo`shimcha taʼtil berilardi. Bundan faqat onalar foydalanishi mumkin edi.

 

Yendi Yangi Mehnat kodeksining 407-moddasiga ko`ra: 12 yoshga to`lmagan ikki yoki undan ortiq farzandi, yoki 16 yoshga to`lmagan nogiron farzandi bor ota-onadan biriga yoki vasiysiga ham taʼtil beriladi.

 

Bu degani, otalar ham bundan foydalanishi mumkin. Tasavvur qiling, ota yaxshiroq joyda ishlaydi, oyligi ko`proq, ayolini esa oyligi kam. Agar ona to`rt kalendar kun taʼtilni olsa, tabiiyki ayolga kamroq taʼtil puli chiqadi. Ota o`sha taʼtilni olsa ko`proq taʼtil puli chiqadi”, — dedi huquqshunos.

To Top ↑
To Top ↑