x

 

1. Har kim ta'lim olish huquqiga ega.

 

2. Davlat uzluksiz ta'lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari rivojlanishini ta'minlaydi.

 

3. Davlat maktabgacha ta'lim va tarbiyani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.

 

4. Davlat bepul umumiy o`rta ta'lim va boshlang`ich professional ta'lim olishni kafolatlaydi.

 

5. Maktabgacha ta'lim va tarbiya, umumiy o`rta ta'lim davlat nazoratidadir.

 

6. Alohida ta'lim ehtiyojlariga ega bo`lgan bolalar uchun inklyuziv ta'lim va tarbiya ta'minlanadi.

 

7. Fuqarolar davlat ta'lim tashkilotlarida tanlov asosida davlat hisobidan oliy ma'lumot olishga haqli.

 

8. Oliy ta'lim tashkilotlari akademik erkinlik, o`zini o`zi boshqarish, tadqiqotlar o`tkazish va o`qitish erkinligi huquqiga ega.

 

9. Davlat o`qituvchilarning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o`sishi to`g`risida g`amxo`rlik qiladi.

 

To Top ↑
To Top ↑