Mahalliy Otyrar nashrining xabarlariga ko`ra, Qozog`istonning Chimkent shahrida 10 yoshli bolaning miyasidan qurt olib tashlandi.
Ma'lum qilinishicha, bola doimiy bosh og`rig`idan shikoyat qilgan. Magnit-rezonans tomografiya yordamida shifokorlar bolada miya exinokokkozini aniqlagan. Bu juda kam uchraydigan kasallik hisoblanadi.
Natijada shifokorlar bolada 2 soat davomida jarrohlik amaliyotini olib borgan. Uning miyasidan 10-15 ga yaqin 15 santimetrgacha bo`lgan tasmasimon qurtlar olib tashlangan. Bemor 2 kun intensiv terapiyada yotgan, keyin palataga o`tkazilgan. Bir hafta o`tgach, bola uyga yuborilgan. Hozirda u shifokorlar nazoratida.
Miyaning exinokokkozi — markaziy asab tizimining kasalligi. Parazitlar tanaga gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida kiradi. O`z vaqtida davolanmasa, exinokokkoz o`limga olib kelishi mumkin.