Ijtimoiy tarmoqlarga qizning onasi undan tug`ilgan kunida nima istayotganini so`ragani aks etgan video joylashtirildi. Qizning aytishicha, u yashil rangdagi Mercedes G-class yoki BMWni xohlaydi. Ona agar u maktabga borishga rozi bo`lsa, bu xohishini bajarishga va'da bergan.
Keyinroq ota-ona ko`zi bog`langan qizini mashina oldiga etaklab ketayotgani tasvirlangan yana bir video paydo bo`ldi. Ayol qizini birinchi sinfga borishga undash uchun qimmat mashina xarid qilishga qaror qilganini tushuntirdi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bolaga berilgan sovg`aga noaniq munosabatda bo`lishdi. Ba'zilar qizchaning ota-onasini olqishlagan, boshqalari esa u baribir sovg`adan foydalana olmasligi sababli kattalarni tanqid qilishdi.