Mahalliy yangiliklar
Toshkent shahri Mirzo Ulug`bek tumanida 6 yoshli bola chuqurga tushib ketdi. Tuman hokimligi holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Hokimlik xabariga ko`ra, ushbu hududda ichimlik suvi ta'minotidagi quvurlardan birida avariya holati aniqlangan va tuman suv tarmoqlari bo`limi tomonidan holatni bartaraf etishda qazish ishlari olib borilgan. Qazish ishlari yo`lning avtomobillar uchun qatnov qismida bo`lgani sababli ogohlantirish belgilari joylashtirilgan, piyodalar yo`lagida harakatlanish mumkin bo`lgan.
Yo`lovchilarning e'tiborsizligi oqibatida 6 yoshlardagi A.A. onasidan oldinroq borib, chuqurlikka tushgan va ushbu hududdagi fuqarolar tomonidan chiqarib olingan. Avariya holatini bartaraf etishda yo`l qo`yilgan kamchilik va noqulayliklar uchun tuman suv tarmoqlari bo`limi uzr so`ragan. Hududdagi betartiblikni bartaraf etish, jarayonlarda yo`lovchi va avtomobillar uchun ogohlantirish belgilari, xavfsiz harakatlanish choralari ko`rilgan.