Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog`iston Respublikasining Ellikqal'a tumanidagi maktablarda o`quvchilarga tarqatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari ichidan dori chiqqani aytilgan xabarlar tarqaldi. Unda aytilishicha, maktablarda bunday holat birinchi marta sodir bo`lmayapti. Maktab ma'muriyati ta'minotchi kompaniya tegishli hujjatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini etkazib berayotganini ma'lum qilgan. Holat yuzasidan Ellikqal'a tumani hokimligi rasmiy munosabat bildirdi. Ma'lum bo`lishicha, holat tuman prokuraturasi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo`limi mas'ul xodimlari tomonidan o`rganilgan. Tumandagi 5-umumiy o`rta ta'lim maktabiga kecha, 13 aprel' kuni «Tabassum Nukus» tomonidan 267 nafar o`quvchiga etkazilgan oziq-ovqat mahsulotlari maktab ishchi guruhi tomonidan qabul qilingan. Holat yuzasidan ekspertiza xulosasini olish uchun oziq-ovqat mahsulotlari namunasi Respublika sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga yuborilgan. Ma'lumot uchun, bundan bir necha kun oldin Qoraqalpog`istonning Ho`jayli tumanida maktab o`quvchilariga berilgan oziq-ovqat mahsulotlari orasidan qum chiqqandi