x

Bugun, 12 aprel' kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan voyaga etmagan qizni zo`rlaganlikda gumonlanib qidiruv e'lon qilingan Sh.U.ning topilgani ma'lum qilindi.

Habar berilishicha, qidiruvdagi shaxs Namangan shahri “O`zbekiston” ko`chasida joylashgan yashash xonadonining erto`lasidan topilgan.

“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo`llanilgan”, deyiladi xabarda.

Ma'lumot uchun, mazkur shaxs joriy yilning 1 aprel' kuni soat 23:30 larda Bobur bog`idan voyaga etmagan qizni uyiga olib borib qo`yish bilan aldab, noma'lum manzildagi xonadonga olib borgan. Unga zo`rlik ishlatib, nomusiga tekkan. Sh.U.ning jinoyatga oid harakatlari Bobur bog`i va ko`chalardagi kuzatuv kameralarida aks etgan. Shuningdek, jabrlanuvchining kiyimlari, badanidagi tan jarohatlari va zo`rlik alomatlari yuzasidan sudga oid tegishli tibbiy ekspertizalar tayinlanib, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

To Top ↑
To Top ↑