Mahalliy yangiliklar
2023 yil 10 aprel' kuni Ho`jayli tumani Sanitariya epidemiologiya salomatligi bo`limi tomonidan 41-sonli maktab direktori R. E.ga O`zR ma'muriy javobgarlik kodeksining 53-stat'yasi (Sanitariya qonunchiligini buzish), ya'ni mansabdor shaxs tamonidan sanitariya me'yorlarini va gigiyena normativlarini buzish hisoblangan xuquqbuzarliklarni amalga oshirgani uchun BHMning 5 barobarida (1. 500. 000 so`m) ma'muriy jarima qo`llanilgan. Bu haqida Ho`jayli tumani hokimligi Axborat xizmati ma'lum qildi.
Hozirgi kunda 41-sonli maktabni oziq-ovqat mahsulotlari bilan taminlab kelgan Nukus shahri «Bekbergen servis markaz» MChJ holati yuzasidan qo`shimcha o`rganish ishlari olib borilayotgani haqida ma'lum qilindi.
Ma'lumot o`rnida, bundan oldin 2023yil 7 aprel' kuni ushbu maktabga 388 o`quvchiga tasdiqlangan (1-4-sinf ) menyu asosida yong`oqli keks, STYeL shkolad, olma, mazali shirchoy etkazib berilgan va o`sha kuni 2-«b» sinf o`quvchilarina berilgan STYeL shkolatdan qum chiqqan edi. Bu haqida sinf rahbari B. Bekbosinova maktab ma'muriyatiga video xabar orqali murojat qilgan, maktab ma'muriyati bo`lsa, oziq-ovqat etkazib beradigan korxonaga ma'lum qilgan edi.