Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1 mart kuni xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi hamda ularning jamiyatdagi mavqeini yanada mustahkamlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda prezident tomonidan ayollarning huquqiy himoyasini kuchaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, tazyiq va zo‘ravonlik uchragan ayollar 30 kun muddatga alohida himoyaga olinadi. “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasida bu kabi holatlardan jabrlangan ayollarning maxsus markazlarga joylashtirilishi belgilangan.
Lekin, undan keyingi tizim bo‘shliq bo‘lib qolgan. Shu sababdan endi ayollarning tazyiq va zo‘ravonlikdan himoyasi sud tomonidan ta’minlanishi, alohida himoyaga olish bir yilgacha belgilanishi ta’kidlandi.