Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Qashqadaryo viloyat bolalar ko`p tarmoqli tibbiyot markazida o`tkir leykoz (oqqon) bilan xastalangan bemorlarni xalqaro standartlar bo`yicha 24 soat ichida aniq tashxislash amaliyotga tatbiq etildi.
Shu paytga qadar bemorlarning oqqon miyeologrammasi tahlil uchun viloyatdan poytaxtga jo`natilgan.
Hozirda yaratilgan yangi imkoniyatlar tufayli Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan keltirilgan namunalar ham Qarshidagi laboratoriyada tahlil qilinmoqda.
Shuningdek, bu erda aniqlash qiyin bo`lgan tug`ma-irsiy (orfan) kasalliklar bo`yicha ham tsitomorfologik tekshiruv orqali tashxis qo`yish imkoniyati ham mavjud.