Mahalliy yangiliklar
Toshkent shahrida Anhor va Bo`zsuv, Nukusdagi Do`stlik, Urganchdagi Shovot, Farg`onadagi Marg`ilonsoy kanallari bo`yida yoshlar ijod ko`chalari tashkil etiladigan bo`ldi. Bu erda rassomlar, haykaltaroshlar, adiblar, sozandalar va ularning muxlislari uchun sharoit yaratiladi.
.Har bir oliygohda kovorking, teatr studiyalari va raqs maydonchalari bo`lishi kerakligi ta'kidlandi Oliygoh rektorlari futbol, voleybol, basketbol, shaxmat, stol tennisi kabi sport turlari bo`yicha o`z klublarini tashkil etadi. Bu klublar Talabalar sport ligalariga birlashib, doimiy turnirlar o`tkazib boradi.
Qo`shimcha 300 ming yoshlarning xususiy markazlarda til o`rganish xarajatlariga 100 milliard so`m subsidiya ajratiladi.
Yurtimizdagi 206 ta oromgoh yil davomida ishlaydigan tizimga o`tkazilib, har yili 100 ming nafar yoshlar qamrab oladi.
Tuman markazidan uzoqdagi mahallalarda sport, madaniyat va san'at yo`nalishlarida to`garak ochgan murabbiylarga zarur jihoz uchun 15 million so`mgacha subsidiya beriladi.