Mahalliy yangiliklar
Bugun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva Navoiy viloyatining Qiziltepa tumaniga tashrif buyurdi.
Tashrifning ilk manzili tuman tibbiyot birlashmasi bo`ldi.
Bu erda T. Narbayeva bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va bir guruh tibbiyot xodimlari bilan uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.
Ma'lumot o`rnida aytish joizki, tuman tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 15 ta bo`lim mavjud bo`lib, bolalar bo`limi 1985 yilda tashkil qilingan. 2023-yilning fevral-mart oylarida “Ona” xayriya jamg`armasi homiyligida mukammal ta'mirlangan. Ushbu bo`lim 0-14 yoshdagi 41 264 nafar bolaga xizmat ko`rsatadi.