Mahalliy yangiliklar
O`tgan yili 11 ta davlat oliygohining 11 mingdan ziyod bitiruvchilaridan 6,5 ming nafari ishga joylashmagan. Yoki grantda o`qigan 3 ming talaba ham ishga kirmagan. Professional ta'limda ham, o`tgan yili kollej va texnikumlarni 143 ming nafar yoshlar bitirgan bo`lsa, shundan 30 ming nafari ish topa olmagan.
Shu munosabat bilan bundan buyon har bir vazir tarmog`idagi kasblarga malaka talabini o`zi belgilashi, bunda 70 foiz kasblarga o`rta maxsus, 30 foiziga oliy ma'lumot talab etiladigan tizim bo`lishi ta'kidlandi.
Shuningdek, vazirliklar oliygoh va kollej-texnikumlarga buyurtma berish bilan birga ularning o`quv dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Har bir vazir va viloyat hokimi yil boshida o`zining Yoshlar bandligi dasturlarini ishlab chiqib, aholiga e'lon qilishi va yil yakunida natijalari bo`yicha jamoatchilikka hisobot berishi belgilandi.