Mahalliy yangiliklar
Ayollarning salomatligini tiklash va ularga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ham qator tadbirlar amalga oshiriladi. Jumladan, 2022 yilda:
- qo‘shimcha 6 ming nafar ayollarga yuqori texnologik tibbiy yordam ko‘rsatiladi (2021 yilga nisbatan 5 baravar ko‘p). Bunga 100 milliard so‘m yo‘naltiriladi;
- respublika bo‘yicha 10 mingdan ziyod nogironligi bo‘lgan xotin-qizlar reabilitasiya vositalari bilan ta’minlanadi;
- 3 million nafar xotin-qiz onkologik skriningdan o‘tkaziladi, buning uchun byudjetdan 40 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi;
- 2022-2025 yillarda 227 ta tug‘ruq kompleksi hamda 46 ta tumanlararo perinatal markazlari to‘liq ta’mirlanadi va jihozlanadi;
- 9-12 yoshdagi o‘smir qizlarni odam papillomasi virusiga qarshi emlash va boshqa 12 turdagi vaksinalar uchun 200 milliard so‘m ajratiladi;
- tug‘ish yoshidagi, homilador va bola parvarishidagi ayollarni dori va vitaminlar bilan bepul ta’minlash ko‘lami kengaytirilib, mablag‘lar hajmi 30 milliard so‘mdan 100 milliard so‘mgacha oshiriladi.