Jahon yangiliklari
"Lenta.ru" tarqatgan xabarlarga ko`ra, Rossiya Davlat Dumasida a'lo baho olgan o`quvchilarga pul to`lash taklif qilindi.
Ma'lum qilinishicha, ushbu tashabbus "Yangi odamlar" partiyasi deputati Anna Skroznikova tomonidan berilgan. U "besh" baho olgan o`quvchilarga to`lov to`lash to`g`risidagi murojaatini Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustinga yuborgan. Deputat o`quv samardorligini oshirish uchun a'lo bahoga o`qigan o`quvchilarni moddiy rag`batlantirish kerakligini aytgan. Skroznikovaga ko`ra, yuqori o`quv faoliyatiga ega o`rta maktab o`quvchilariga "Pushkin kartasi"ga mablag` o`tkazish orqali mukofotlash tajribasini o`tkazish zarur.