Horazm viloyatining Yangiariq tumanida 2022 yil avgust oyida 11 erkak 2006 yilda tug`ilgan, voyaga etmagan qizni zo`rlagan bo`lishi mumkin. Bu haqda bloger Nikita Makarenko joriy yilning 1 aprel' kuni ijimoiy tarmoqdagi sahifasida ma'lum qilgan.
“Aftidan pedofillar tarmog`ini fosh etish uchun Toshkentdan Horazmga maxsus guruhni yuborish kerak, shekilli. Obunachilarimdan birining yozishicha, mahalliy Ichki ishlar boshqarmasi bilan aloqador odamlar uning jiyanini zo`rlagan. U o`z ismi sharifini oshkor qilishni xohlamadi, lekin telefon raqamlarini Toshkent shahridagi huquq-tartibot idoralariga etkazishga ruxsat berdi”, deb yozgan Makarenko.
Joriy yilning 4 aprel' kuni bloger 11 kishidan 3 kishi hibsga olingani, bunda bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaning hissasi borligini aytgan.
“Bolalar ombudsmani Aliya Yunusovaga rahmat. U butun respublika bo`ylab ushbu postga javob qaytargan va Horazm viloyatidagi zo`rlashlar qurboni bo`lgan voyaga etmaganni himoya qilishni istagan yagona shaxsdir. Qolganlarning hammasi jim qoldi. U Urganchga jo`nab ketdi va jabrlanuvchining xolasi aytganidek, bugun qizni zo`rlaganlarning 11 nafaridan uch nafari hibsga olingan”, deydi Makarenko.
Qizning xolasiga ko`ra, mazkur hodisaga qariyb 8 oydan beri hech kim e'tibor bermagan.
“O`zbekistonda boshqaruv faqat qo`l uchida ishlaydi. 11 nafar pedofilga nisbatan ish qo`zg`atish uchun esa, avvalo, ushbu hodisa oshkora bo`lishi, shaxsan kimdir e'tiborini qaratishi va bu bilan shaxsan shug`ullanishi kerak. Bu normal holatmi? Yo`q. Bu falokat?”, deb yozgan Makarenko.
Eslatib o`tamiz, Horazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan Oybek Masharipov Urganch shahridagi 1-sonli oilaviy bolalar uyi rahbari Yu.H. bilan til biriktirib, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan muntazam ravishda jinsiy aloqa qilib kelgani, bu uchun o`ziga berilgan xizmat uyidan foydalangani aniqlangan edi.
1979 yilda Nukus shahrida tug`ilgan, Horazm viloyati Adliya boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlagan Oybek Masharipov (Aybek Masharipov) va 1984 yilda Yangiariq tumanida tug`ilgan, Yangiariq tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limi boshlig`i lavozimida ishlagan A.Q. (Anvar Quryazov) Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o`n olti yoshga to`lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi va Jinoyat kodeksining eski tahrirdagi 128-1-moddasi (o`n olti yoshdan o`n sakkiz yoshgacha bo`lgan shaxs bilan moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali jinsiy aloqa qilish)da nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 1 yilu 6 oydan ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.