Toshkent shahrida o`g`il va qiz farzandini sotmoqchi bo`lgan ikki ayol qo`lga olindi. Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug`ilgan 36 yoshli ayol 3 fevral' kuni tug`ilgan o`g`il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtda DHHning Toshkent shahar bo`yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi ayol 3 fevral' kuni tug`ilgan qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu summadan 11 500 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Endi ular 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.