Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qilishiga ko`ra, 3 aprel' kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi ariq chetidan 3 yashar bolaning murdasi topildi.
Qayd etilishicha, soat taxminan 11:00 da Urgut tumani “Istiqlol” MFY Dehqonobod ko`chasi 48-uy yonidan oqib o`tuvchi ariq sel natijasida toshib ketib, Urgut tumani "Guliston" mahallasida ota-onasi qaramog`ida yashagan, voyaga etmagan, 2020 yilning 18 martida tug`ilgan Ablayorov Abdulloh Azizbek o`g`lining murdasi ariq chetiga chiqarib yuborgan holatda topilgan.
Ayni vaqtda bolaning o`limi sabablarini aniqlash uchun sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari o`tkazilmoqda.