Har yili bo`lib o`tadigan World Press Photo tanlovi 2023 yil uchun mintaqaviy g`oliblarni e'lon qildi. Ulardan biri daniyalik fotosuratchi Mads Nissen «Afg`onistonda tinchlikning bahosi» surati bilan ishtirok etdi.
Oilasini boqa olmayotgan ota-ona 15 yoshli Halil Ahmad ismli farzandining buyragini 3500 dollarga sotishga majbur bo`ladi. Suratda aynan shu shu voqea aks etgan. Fotosuratchi Mads Nissen suratni 2022 yilda Hirotda olgan. «Men afg`onlar o`z farzandlarini bu erda qanday sotishlari haqida yozdim»-, deydi fotosuratchi.
Bugungi kunda farzandlarini mumaygina pulga sotadigan ota-onalar kundan kunga ortib bormoqda. Qashoqlik va ochlikdan aziyat chekayotgan afg`on xalqning boshqa chorasi ham qolmadi go`yo.
«Bolalarni asrang» xalqaro tashkilotining keltirishicha, oilalar «kichik bolalarini ovqat ilinjida pullashmoqda. Kattaroqlarini ishlagani yuborishmoqda yoki birgina quruq non bilan kun kechirmoqda».
Oziq-ovqat narxi oshib, pul qadri tushib ketgan, ishchilar maoshsiz, mahalliy tadbirkorlarning bozori kasod, oilalar esa o`zlarida bor jamiki narsani – hatto bolalarini ham – omon qolish niyatida qurbon qilishga majbur.
Bolalarning erta nikohi Afg`onistonda asrlar bo`yi hukmron. Mamlakatning bugungi tang iqtisodiy ahvoli juda ko`p oilani yuqoridagi holatga solayotgani rost. Qizlar hayotini barvaqtdan bitimga tikishga olib bormoqda.
Onalar uchun bu holat – nihoyasiz dahshatli tush. Bolani sotishga qaror qilish, yillar bo`yi – qizlari 10–12 ga kirguncha, egasining xonadoniga ketish yoshiga etguncha kutish, keyin ajralish dahshatning o`zi.
Avval ham Afg`onistonlik bir erkak o`z farzandini 550 dollarga sotganligi haqida xabar bergan edik.