x

Mahalliy yangiliklar

Hozir mamlakatimizda qariyb 8300 ta xususiy tibbiyot muassasasi faoliyat olib bormoqda. Ulardan 1700 ga yaqini statsionar tibbiy xizmat ko`rsatishga ixtisoslashtirilgan. Mazkur klinikalarda 42 600 dan ziyod statsionar o`rin-joylar mavjud.

Prezidentimizning 2019 yil 8 noyabrdagi PQ-4513-son qaroriga muvofiq, Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining «Havfsiz onalik» strategiyasida belgilangan talablarga rioya eta oladigan yurtimizdagi xususiy tibbiyot muassasalariga tug`ruqni qabul qilish faoliyat turi bilan shug`ullanishiga ruxsat berilgan.

Buning uchun ularda:

tug`uruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga etmay tug`ilgan go`daklarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya bo`limlari;

poliklinika;

bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari;

yuqori malakali tibbiyot xodimlari bo`lishi shart.

Qolaversa, mazkur muassasalarga sog`liqni saqlash va FHDYo organlari o`rtasida tug`ilish hamda o`lim to`g`risida elektron ma'lumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti qo`yilgan.

Yaratilgan ushbu imkoniyatlar natijasida hozir Samarqand, Horazm, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan 9 ta xususiy shifoxona tug`ruqni qabul qilish faoliyati bilan shug`ullanmoqda.

To Top ↑
To Top ↑