x

Mahalliy yangiliklar

Namanganda 16,7 mlrd so`mdan ortiq aliment to`lovlari undirilgan

Bolalarning ijtimoiy ta'minotga doir kafolatlangan huquqlarini ta'minlashda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hususan, Byuroning Namangan viloyati boshqarmasi va uning hududiy bo`limlari tomonidan joriy yilda voyaga etmaganlarning ta'minoti uchun 16,7 mlrd so`mdan ortiq aliment to`lovlari undirildi.

Ijro hujjati bo`yicha qarzdorlar va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar va chora-tadbirlar natijasida 1 055 ta oila yarashtirildi.

Shu bilan birga, 560 nafar qarzdor davlat ijrochilarining aralashuvi bilan ishga joylashtirilib, ish joylariga talabnomalar yuborildi.

O`z o`rnida, voyaga etmagan farzandlar moddiy ta'minotidan bo`yin tovlagan 231 nafar qarzdorlar ma'muriy javobgarlikka tortildi. Bundan o`ziga xulosa qilmagan 33 nafar aliment to`lovchi qarzdorlarning jinoiy javobgarlik masalasi hal qilindi.

To Top ↑
To Top ↑