Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining Emlash bo`yicha strategik maslahat guruhi sog`lom bolalar va o`smirlar "COVID-19"ga vaktsinaning kuchaytiruvchi dozalariga muhtoj emasligini va buning o`rniga yuqori xavf guruhidagi odamlar emlanishi kerakligini taklif qildi.
Mutaxassislarga ko`ra, sog`lom bolalar va o`smirlarni koronavirusga qarshi emlashning sog`liqni saqlash tizimiga foydasi rotavirus, qizamiq va pnevmokokka qarshi vaktsinalarga qaraganda ancha past.
Hisobot mualliflari, shuningdek, "COVID-19" vaktsinasining kuchaytiruvchi dozalari birinchi navbatda yuqori xavf guruhidagilar — keksalar, immuniteti past insonlar, tibbiyot xodimlari va homilador ayollarga berilishi kerakligini ta'kidlashmoqda. Qayd etilishicha, kuchaytiruvchi dozalar orasidagi optimal davr 6-12 oy bo`lishi lozim.