x

Guruch kurmaksiz bo`lmaydi deyishadi. Bir necha yil avval davlat qaramog`idagi mehribonlik uylari faoliyati tugatilib, oilaviy mehribonlik uylari tashkil etilganda ko`pchilik quvongan edi. Bu bilan uzoq yillar davomida farzandsizlik bilan qiynalgan, bola asrab olishda muammolarga duch kelgan oilalarga quvonch kirgan, jamiyatdan uzilgan holda tarbiya ko`rayotgan bolalar esa odamlarga qo`shilishiga imkon berilgan edi. Ammo shundan ham qing`ir maqsadlar yo`lida foydalanayotganlar topildi.

Horazm viloyatida tashkil etilgan oilaviy mehribonlik uylarining biridagi voyaga etmagan 3 nafar tarbiyalanuvchi viloyat adliya boshqarmasi va tuman FVV rahbarlari bilan jinsiy aloqa qilishga majburlangani ma'lum bo`ldi. Mehribonlik uyi rahbari 5 yilu 6 oyga qamalgan, mansabdor shaxslarning esa ozodligi cheklanib, qo`yib yuborilgan. Bu haqda zo`ravonlikka qarshi kurashuvchi Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

«Masalan, 2021 yil may oyi boshida u o`sha paytda hali 16 yoshga to`lmagan Azizani tanlab, tanishlaridan biri bilan jinsiy aloqaga kirishga majburlagan. Qiz bunga qarshilik qilganda mudira oshxonadan o`qlov olib keltirib, barcha bolalarning ko`z o`ngida qizning kichik ukasini kaltaklay boshladi. Qizning irodasini sindirib, mudira keyinchalik uni o`zi aytgan erkaklar bilan yotishga majbur qilib kelgan», — deb yozadi Nemolchi.uz.

Viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i mudiraning muammolarini hal qilishda o`z vakolatlarini ishga solishga va'da berib, 2021 yil aprel' oyida unga xayriya sifatida printer sovg`a qilgan (qurilma viloyat adliya boshqarmasi balansida bo`lgan, ishlatilgan, keyinchalik yaroqsiz holga kelgan).

«Bunday «xayriya»dan bir necha hafta o`tgach, erkak mehribonlik uyi rahbaridan unga jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun qiz berishni talab qildi. Shunda mudira 17 yoshli etim qiz Ra'noni tanladi va uni och qoldirib, boshqa bolalardan ajratib, tashqariga chiqishini taqiqlab qo`ydi, keyin viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i unga 250 ming so`mlik sport oyoq kiyimi olib bergani uchun u bilan jinsiy aloqa qilishga majbur ekanini aytdi. Erkak qiz bilan qabih ishlari uchun adliya boshqarmasi tomonidan viloyat adliya boshqarmasi xodimlariga xizmat uyi sifatida ajratilgan xonadondan foydalangan», — deyiladi loyiha materialida.

Oradan bir oy o`tib, 2021 yil iyun' oyida u yana mudiradan qiz talab qilib, 15 yoshli Aziza bilan ham shu xonadonda birga bo`lgan.

«Voqealar qayta-qayta takrorlanadi… Darhaqiqat, o`n oy davomida viloyat adliya boshqarmasining xizmat xonadonidan viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i va voyaga etmagan qizlar o`rtasida jinsiy aloqa maydoni sifatida foydalanilgan», — deb yozadi Nemolchi.uz.

Favqulodda vaziyatlar bo`limining tuman bo`limi boshlig`i ham mehribonlik uyi rahbariga uning muammolarini hal qilishda yordam berishini aytgan. May oyi boshida homiylik sifatida bolalar uchun divan, shkaf, oshxona stoli sovg`a qilgan va bolalarga turli shirinliklar olib kelgan.

«Buning evaziga 2021 yil iyun' oyi boshida u ham jinsiy aloqa qilish uchun qiz talab qilib, mehribonlik uyi yotoqxonasida yuqorida tilga olingan 17 yoshli etim Ra'no bilan yotib chiqadi. Iyun' oyining oxirida u mehribonlik uyi rahbariga 200 ming so`m berib, yana shu qiz bilan yotadi. Keyin esa mehribonlik uyiga oziq-ovqat va ichimliklar olib keladi va buning evaziga 15 yoshli Azizani jinsiy aloqa qilishga majburlaydi. Qizlar u bilan bir necha bor jinsiy aloqa qilishga majbur bo`lishdi va uchrashuvlar bolalar uyining o`zida ham, boshqa joylarda ham bo`lib o`tdi», — deyiladi loyiha materialida.

Nemolchi.uz voyaga etmaganlar qaram holatda bo`lgani va shu bois jinsiy aloqaga o`z ixtiyori bilan va ongli ravishda rozilik bera olmasligini qayd etdi.

To Top ↑
To Top ↑