x

Jahon yangiliklari

Qirg`iziston Respublikasida Ta'lim vazirligi maktab direktorlarini, o`qituvchilarni va ota-onalarni bolalarning ta'lim olish huquqlarini buzgani yoki cheklagani, shuningdek, maktab to`lovlari uchun jarimaga tortishni taklif qilmoqda. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik maktab o`quvchilari huquqlarini himoya qilish bo`yicha qonun loyihasini ishlab chiqqan.

Unga ko`ra, mamalakatda bolani bog`cha yoki maktabga qabul qilishdan asossiz bosh tortganlik, shuningdek, ota-onadan pul undirish yoki ularga bosim o`tkazish uchun jazo choralarini joriy etish taklif qilinmoqda. Jarima miqdori qirg`iz pulida 15-20 ming som (taqriban 1,9-2,6 mln so`m)ni tashkil qiladi.

Ta'lim vazirligiga ko`ra, Qirg`izistonda maktabga bormaydigan bolalar soni ortib bormoqda. Bunga bir necha sabablar keltirilgan. Hususan, maktabga borish kerak bo`lgan bolalarning ko`pchiligi ishlaydi va ota-onalariga yordam beradi.

Milliy statistika qo`mitasi ma'lumotlariga ko`ra, joriy o`quv yili boshida 2,5 mingdan ortiq bola maktabga bormagan.

Shu boisdan mamlakat Ta'lim vazirligi maktab yoshidagi bolalari ta'lim muassasalariga bormayotgan ota-onalarni ma'muriy javobgarlikka tortishni taklif qilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑